Tabaqot (طبقات) — islom biografik adabiyotining janri boʻlib, bu yoʻnalishdagi kitoblar ulugʻ shaxslarning (olimlar, shoirlar va boshqalarning) yashagan asriga koʻra tuzilgan boʻladi. Har bir asr yoki avlod tabaqa sifatida belgilanadi. Tabaqaning koʻpligi esa, tabaqotdir. Tabaqot kitoblari maʼlum ilm-fan anʼanalarining rivojlanish tarixini aks ettiradi va muayyan boshlangʻich nuqtadan bevosita muallifdan oldingi avlod (tabaqa)gacha boʻlgan oraliqdagi shaxslar biografiyasini qamrab oladi[1].